Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya: Shimoliy Koreya yadroviy sinov o‘tkazishga to‘liq tayyor turibdi
Shimoliy Koreya yangi yadroviy sinovni amalga oshirishga to‘liq tayyor turibdi. Bu haqda Seulda jurnalistlarga Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili ma'lum qildi.
"Shimoliy Koreya yer ostida yadroviy portlashni amalga oshirishga tayyorgarlikni yakunladi. U mamlakat yetakchisi Kim Chen Indan tegishli buyruq olingandan keyin bir necha soat davomida amalga oshirilishi mumkin", deb aytgan janubiy koreyalik zobit.
Uning aytishicha, Janubiy Koreya harbiylari amerikalik hamkasblari bilan Shimoliy Koreyadagi Tochxan-ri poligonidagi "vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqdalar". Uning fikricha, yadroviy sinov mart oyi oxirigacha amalga oshirilishi mumkin.
Shimoliy Koreya ayni vaqtgacha 2006, 2009, 2013 va 2016 yillarda 5 ta atom sinovini o‘tkazgan.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025