Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grafen charm protezlarga taktil hissiyotlarni yetkazish imkonini beradi
Glazgo universiteti olimlari taktil hissiyotlarni yetkazib bera oluvchi va quyosh energiyasidan quvvat oluvchi sun'iy charmni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lishganini ma'lum qilishdi. Bu haqida Hi-News nashrida xabar berildi.
Tadqiqotchilar jamoasi ingichka va moslashuvchan elektronika yaratish borasida uzoq vaqtdan buyon ish olib borishmoqda, biroq hozir bu charmga yetadigani yo‘q, zero u tufayli energiyaga tobe' bo‘lmagan protezlarni ishlab chiqarishni boshlash mumkin.
U grafen asosida ishlangan bo‘lib, ingichka, mustahkam va elektr o‘tkazuvchandir. Birgina salbiy tomoni - uning bahosi qimmatligida. Yangi charmni namoyish qilgan labaratoriya rahbari Ravinder Daxiya bir necha yil ilgari grafen ishlab chiqarishning nisbatan arzonroq texnologiyasini yaratgan, biroq olimlarning bu borada qiladigan ishi ko‘p hali. Grafen qatlami ostida energiya ishlab chiqaruvchi qatlam mavjud, u protezning turli komponentlarini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Olingan energiyalar, masalan, taktil datchiklarni quvvatlantirishga yetishi kerak.
Loyiha hali ishlab chiqarish jarayonida, shu bois hozircha yangi charmning protezlashda ommaviy qo‘llanishi haqida gapirishga ertaroq. Shunga qaramay, tadqiqotchilar ularning ixtirosi nafaqat tibbiyotda, balki boshqa sohalarda ham foydali bo‘lishiga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
09:22 / 11.04.2026
Eng yaxshi ixtiro va dasturlar uchun tanlovlar tashkil etiladi
07:43 / 10.02.2026
Mikroto‘lqinli pechdan GPS’gacha: aslida harbiylar uchun yaratilgan 7 texnologiya
07:40 / 02.02.2026
Ixtirochilar reytingi: patentlar soni bo‘yicha yetakchilar
08:00 / 29.01.2026