Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevropa Ittifoqining ikki yuqori lavozimli amaldorini adashtirib qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp telefon muloqotida Yevropa Ittifoqining ikki yuqori lavozimli amaldori – Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerni Yevrokengash raisi Donald Tusk bilan adashtirib qo‘ydi. Bu haqda Financial Times nashriga Yunkerning o‘zi ma'lum qildi.
Gazetaning ma'lum qilishicha, Yunker aprelda Vashingtonga tashrif buyurmoqchi, biroq u bu holatdan keyin Donald Tramp bilan uchrashishiga shubha bildirmoqda.
"Ular (AQSh) uchrashuvni tashkillashtirmoqchi, biroq Trampni boshqa narsalar qiziqtiradi. Darvoqe, u Yevropa haqida hech qanday tushunchaga ega emas. U Tusk bilan telefonda gaplashib, uni men deb o‘ylagan", deb aytgan Yunker.
Yunkerning aytishicha, Tramp o‘zining "AQSh hammasidan ustun" degan shiori bilan yevropaliklarni cho‘chitmoqda. Yunkerning fikricha, Trampni Yevropa ishlari umuman qiziqtarmasligi haqidagi taassurot paydo bo‘lmoqda.