Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya qirg‘oqlari yaqinida ko‘plab muhojirlar halok bo‘ldi
Turkiyaning Oydin viloyati Kushadasi tumani qirg‘oqlarida qayiq halokatga uchragani tufayli 11 noqonuniy muhojir hayotdan ko‘z yumdi. Ularning jasadi Izmir viloyati sud tibbiyot institutiga olib borilgan.
Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlarning uch nafari – bolalar.
Kushadasi tumani qirg‘oqlari yaqinida fojiali hodisa kuni kecha ro‘y berdi. Qochqinlar qayiqda Egey dengizidagi Gretsiya orollariga yetib borishmoqchi bo‘lgan. 11 kishi halok bo‘ldi, 9 inson qutqarildi.
Qutqaruv amaliyotida ikkita vertolyot va uchta sohil qo‘riqlash xizmati qayiqlaridan foydalanildi. Hodisa yuz bergan paytda qayiqda 20 nafar muhojir bo‘lgan. Qutqarilgan insonlar kasalxonaga yetkazildi.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026