Jahon | 08:06 / 25.03.2017
8467
1 daqiqa o‘qiladi

Yunker: Trampning YeIni tanqid qilishi Bolqon urushiga olib kelishi mumkin

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning bayonot berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning YeIga nisbatan tanqidiy fikrlari xavflidir va u Bolqonda urush keltirib chiqarishi mumkin. U bu haqda Financial Times nashriga shunday bayonot berdi.

Uning fikricha, Trampning YeI tarkibidan Buyuk Britaniya chiqishini ma'qullashi, Amerika yetakchisining murakkab Yevropa tarixini yaxshi anglamasligini bildiradi. 

«Men vitse-prezident (Maykl Pens)ga aytdim: «Boshqa mamlakatlarni YeI tarkibidan chiqishga chaqirmang, chunki YeI parchalansa, siz g‘arbiy Bolqonda yangi urushga ega bo‘lasiz», — deya ma'lum qilgan Yunker. 

Yevrokomissiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Makedoniya, Albaniyani nazoratsiz qoldirish — ularning urushga qaytishini anglatadi. 

Avvalroq, Jan-Klod Yunker Brexit jarayonini «fojia va muvaffaqiyatsizlikdir», deb atagan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов

Mavzuga oid