Jahon | 12:41 / 26.03.2017
19983
2 daqiqa o‘qiladi

KMTA: Yaponiya va AQSh Shimoliy Koreyaga tajovuz qilsa, mag‘lub bo‘ladi

Yaponiya "Qo‘shma Shtatlar ko‘magida KXDRga bostirib kirish rejasidan voz kechgani yo‘q". Bu haqda Shimoliy Koreyaning markaziy nashrlarida chop etilgan KMTA (Koreya markaziy telegraf agentligi) sharhida so‘z yuritilgan. 

"17 mart kuni, deyiladi maqolada, Yaponiya KXDRga qarshi yo‘naltirilgan Radar-5 ayg‘oqchi sun'iy yo‘ldoshni uchirdi. Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari kemalari va AQSh HDKning tarkibida Carl Vinson aviatashuvchi kemasi bo‘lgan guruhi Sharqiy Xitoy dengizida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi". 

Bundan tashqari, KMTA o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari vakolatlarining kengaytirilganiga ham e'tibor qaratgan. Unga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidan keyin ilk marotaba Yaponiya qurolli kuchlariga "do‘stona mamlakatlar"ni himoya qilish uchun xorijiy hududlarda harbiy amaliyotlarda ishtirok etishga ruxsat berilgan.

Sharh mualliflarining qayd etishlaricha, "Yaponiya va AQSh KXDRga bostirib kirgudek bo‘lsa, mag‘lubiyatga uchrasa kerak". Amerikaning Yaponiya hududidagi harbiy bazalari, axborot agentligiga ko‘ra, xalq respublikasi ballistik raketalari tomonidan nishonga olingan. "Agar, bitta snaryad KXDR hududiga tushsa, Yaponiyani ayanchli oqibat kutadi", - deya xulosa qiladi sharhlovchilar.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid