Jahon | 08:36 / 27.03.2017
4125
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh senatori: Rossiya Fransiya va Germaniyadagi saylovlarga aralashishga urinmoqda

AQSh senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi, senator Mark Uornerning bayonot berishicha, Rossiya Fransiya va Germaniyadagi saylovlarga aralashishga urinmoqda. U bu haqda NBC telekanaliga bergan intervyusida bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «xaker hujumlari va yaxshi haq to‘langan trollar» vositasida Amerika saylov jarayoniga aralashdi, buning evaziga yangiliklar hududini soxta xabarlar bilan to‘ldirdi. 

«Hozirda biz biladigan narsa shuki, Rossiya AQShdagi sylovlarga aralashgan va ayni ishni Fransiya va Germaniyada ham qilmoqchi», — degan Uorner.

Rossiya hukumati bir necha marotaba boshqa mamlakatlardagi saylov jarayoniga har qanday aralashuvini rad etgan. 

Avvalroq, The Wall Street Journal gazetasi Rossiya Bolgariyaning yangi prezidenti Rumen Radevga prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishida yordam bergan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid