Yevropaning bir qismi suv ostida qolishi taxmin qilindi
Shu yuz yillikning oxiriga borib, 5 million yevropalik suv toshqinlari tufayli o‘z uylarini yo‘qotishlari mumkin. Bu haqida Yevrokomissiyaning Birlashgan tadqiqot markazi ekspertlari fikriga asoslanib, RT nashri xabar berdi.
Olimlar global isish dengizlar, shu jumladan Shimoliy va Boltiq dengizlarining xavfli darajagacha ko‘tarilishiga olib kelishidan ogohlantirishmoqda, natijada esa Yevropa qirg‘oqlarining bir qismi suv ostida qoladi. Bunday yuqori isish sur'atlarida har yili suv toshqinlari ro‘y berishi mumkin.
Meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi mudiri Aleksandr Kislovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab Yevropa davlatlari texnik jihatdan iqlim o‘zgarishiga tayyor emas, shu bois ular hozirning o‘zidanoq ehtimoliy tabiiy ofatlarga tayyorlanishi kerak. Zarur himoya darajasini faqat Niderlandiya ta'minlashi mumkin: mamlakat hukumati noyob shlyuzlar tizimini ishlab chiqqan. Sankt-Peterburgda ham shunga o‘xshash tizim o‘rnatilgan, shuning uchun Rossiya qirg‘oqlari ham xavfdan himoyalangan.
So‘nggi o‘y yillikda Yevropada bir necha yirik suv toshqinlari sodir bo‘ldi. Eng xavfli suv toshqini 2013 yilda qayd etilgan, o‘shanda Latviya, Makedoniya va Chexiya qisman suv ostida qolgandi. Shuningdek Norvegiya va Germaniya ham suv toshqinidan jabr ko‘rgan.
2016 yilda Sena, Dunay, Reyn va Nekkarda suv sathi keskin ko‘tarildi va bu qirg‘oqlar bo‘ylab suv toshishiga sabab bo‘ldi. Parijda va chekka shaharlarda xavfning olovrang darajasi e'lon qilingan, Fransiyaning shimoliy hududlarida esa bir necha ming kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
20:51 / 03.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi
15:24 / 03.11.2024