Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qand kasalligiga qon tahlili topshirishning noinvaziv usuli ishlab chiqildi
Qondagi glyukoza miqdorini aniqlash uchun barmoqdan tahlil olishning naqadar yoqimsizligini har bir diabetik biladi. Yangi glyukometrlar qanchalik superzamonaviy bo‘lmasin, ularning ishlash tamoyili o‘zgarmadi. O‘lchashdan voz kechish mumkin emas, chunki qand kasalining xavfi ham aynan glyukoza miqdorining "o‘ynashi"ga bog‘liq - insonning ahvoli shunga qarab o‘zgaradi. Uni nazorat qilish uchun kuniga bir necha marta barmoqni teshishga to‘g‘ri keladi. Bu yoqimsiz jarayon (ilmiy tilda invaziv deyiladi) bo‘lishi bilan birga uning jarohati ham sekin bitadi - bu diabetga xos bo‘lib, infeksiya manbai bo‘lishi ham mumkin. Geeky Gadgets'da shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Britaniyaning Glucowise kompaniyasida ushbu muammoni hal qilishga harakat qilib, glyukoza miqdorini noinvaziv aniqlash uchun sensor texnologiyada ishlovchi yangi glyukometr ishlab chiqildi. Mazkur qurilma pazlarini bosh va ko‘rsatkich barmoq orasida siqish kerak, 10 sonidan keyin u natija ko‘rsatadi. Bundan tashqari, u natijani iOS va Android'da ishlovchi ilovaga hamda saqlab qo‘yish uchun bulutga yetkazadi. Shunda qand darajasini o‘zgartirish dinamikasini istagan paytda kuzatish mumkin bo‘ladi.
Qurilma - juda ixcham, o‘ziga xos dizaynda. Shunday ekan, u diabetiklarga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Yangi glyukometrning bahosi hozircha ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
07:20 / 24.11.2025
2430 ta til tahlili grammatik o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsatdi
13:16 / 20.11.2025
Uy-joy bozori jonlandi: bitimlar soni bir oyda 12 foizga ko‘paydi
11:21 / 23.10.2025
Avtobozor sentabr oyida pasaydi, elektromobillar rekord yangiladi
00:07 / 20.10.2025