Jamiyat | 13:46 / 27.03.2017
22875
1 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun Toshkent shahrida isitish tizimi muddatidan avval o‘chirib qo‘yildi?

Kun.uz tahririyatiga issiqlik tizimini muddatidan avval o‘chirib qo‘yilgani bo‘yicha ko‘plab maktublar kelib tushgan.

"Issiqlik tizimi (otopleniye) har yili 15 oktabrdan yoqilib, 15 aprelda o‘chirilar edi. Nima sababdan joriy yilda isitish tizimini 23 martdan o‘chirib qo‘yishdi? Havo harorati pasaygani tufayli uylarimiz sovib ketdi", - deyiladi fuqaro murojaatida. 

Kun muxbiri "Toshissiqquvvati" Ishlab chiqarish birlashmasiga mazkur masala bo‘yicha murojaat qilib, kerakli javobni olishga harakat qildi. 

Toshkent shahar hokimining 299-sonli qaroriga muvofiq, 24 mart soat 10:00 dan boshlab Toshkent shahrida isitish mavsumiga yakun yasalgan. Hokimiyatning bunday qarorni qabul qilishiga tashqaridagi ob-havoning o‘rtacha harorati 5 kun davomida +8 darajadan yuqorini tashkil etgani asosiy sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid