Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida energiya samaradorligi, köp qavatli uylarni boşqariş va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda uy-joy kommunal soha mutasaddilariga “aholi – boşqaruv kompaniyasi – kommunal taşkilot va pudratçi” zanjirini yaratiş topşirildi.

Köp qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy özgartiriş kiritiş holatlari kuzatilayotgani, yangi köp qavatli uylarda bino çökişi, undagi yoriqlar, şörlaniş va sifat böyiça aholidan e’tirozlar bölayotgani qayd etildi.

Mas’ul taşkilotlarga uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati böyiça pudratçilar majburiyati bajarilişini qat’iy nazoratga oliş, konstruksiyani noqonuniy özgartiriş holatlarini erta aniqlaş tizimini joriy qiliş topşirildi.