Qonunçilikka köra, nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari faoliyatini yölga qöyiş uçun tijorat banklarining öz mablağlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard sömgaça bölgan kreditlar böyiça, foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan oşadigan, lekin uning 1,5 baravaridan köp bölmagan qismini qoplaş uçun kompensatsiya taqdim etiladi.
Nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari uçun binolarni yangidan qurgan yoki özining bino va inşootlarida umumiy örta ta’lim faoliyatini yölga qöygan tadbirkorlik sub’yektlariga 5 yil muddatga uşbu ta’lim taşkilotlari faoliyati bilan boğliq bölgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
2030 yil 1 yanvargaça yuridik şaxslarga öz mablağlari hisobidan nodavlat umumiy örta ta’lim taşkilotlari binolarini quriş bilan boğliq bölgan xarajatlarning foyda soliğini hisoblaşda 2 yil davomida teng uluşlarda çegirib taşlaş huquqi beriladi.
















