Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev BAA vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum bilan uchrashdi. Bu haqida Oq o‘rda matbuot xizmatiga asoslanib, "Tengrinews" nashri xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi ahvoli va bundan keyingi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sarmoyaviy sohalarda hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari Dubay xalqaro moliyaviy markazi (DIFC) va Dubay shahrining yuqori sur'atlarda taraqqiy etib borayotganini ta'kidladi. Nazarboyev moliyaviy markazni samarali boshqarishda BAA bilan tajriba almashish muhim ahamiyatga egaligi, shuningdek DIFC va "Ostona" xalqaro moliyaviy markazi o‘zaro uzviy aloqa o‘rnatishlari zarur ekanligini aytdi.
Dubay amiri bu yo‘nalishda to‘liq hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Qozog‘iston prezidenti shayxga islomni moliyalashtirishni yo‘lga qo‘ygani va uning rivojiga qo‘shgan alohida hissasi uchun minnatdorchiligini izhor etdi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston davlat rahbari EXPO-2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazishga doir rejalarini so‘zlab berdi va Dubay amirini mazkur ko‘rgazma ochilishiga taklif etdi.
Mavzuga oid
19:54 / 21.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfsizligi tashabbusini 20 dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatladi
23:11 / 18.03.2026
Erondagi urush Dubayning moliyaviy markaz sifatidagi maqomiga qanday ta’sir qilyapti?
22:29 / 18.03.2026
Saudiya va BAAda ham Ramazon hayiti 20 martga to‘g‘ri kelmoqda
22:15 / 08.03.2026