Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, boş vaziri, Dubay amiri şayx Muhammad bin Raşid Al-Maktum bilan uçraşdi. Bu haqida Oq örda matbuot xizmatiga asoslanib, "Tengrinews" naşri xabar berdi. 

Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning hozirgi ahvoli va bundan keyingi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qilişdi. Savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sarmoyaviy sohalarda hamkorlik qiliş masalalari körib çiqildi. 

Davlat rahbari Dubay xalqaro moliyaviy markazi (DIFC) va Dubay şahrining yuqori sur'atlarda taraqqiy etib borayotganini ta'kidladi. Nazarboyev moliyaviy markazni samarali boşqarişda BAA bilan tajriba almaşiş muhim ahamiyatga egaligi, şuningdek DIFC va "Ostona" xalqaro moliyaviy markazi özaro uzviy aloqa örnatişlari zarur ekanligini aytdi. 

Dubay amiri bu yönalişda töliq hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi. Qozoğiston prezidenti şayxga islomni moliyalaştirişni yölga qöygani va uning rivojiga qöşgan alohida hissasi uçun minnatdorçiligini izhor etdi. 

Bundan taşqari, Qozoğiston davlat rahbari EXPO-2017 ixtisoslaştirilgan xalqaro körgazmasini ötkazişga doir rejalarini sözlab berdi va Dubay amirini mazkur körgazma oçilişiga taklif etdi.