Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada devor qura boshladi
Pokiston Afg‘oniston bilan chegaraning alohida qismlarida devor qura boshladi. Bu haqda Pakistan Observer nashri Pokiston armiyasi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Islomobodning Pokiston-Afg‘oniston chegarasi ma'lum bir qismlarida to‘siqlar qurish niyati borligi haqida fevral oyi oxirlarida xabarlar tarqagandi. Bu holat Pokistonda o‘sha oyning o‘rtalarida yuz bergan bir qancha teraktlardan so‘ng ro‘y berdi. Pokiston avval ham chegarada to‘siq qurish haqida rejalari borligi ma'lum qilgan, biroq bu har gal amalga oshmay kelardi. Biroq fevralda Pokiston armiyasi ro‘y bergan navbatdagi teraktdan so‘ng, fevraldagi hujumlar Afg‘oniston hududida yashiringan terrorchilar ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilganini ma'lum qildi. Natijada bu davlat bilan chegara Pokiston hududiga jangarilar kirib kelishiga qarshi kurash doirasida 17 fevral-20 mart kunlari yopib qo‘yildi.
"Shtab boshlig‘i (general Kamar Javid Bajva) chegarada devorlar qurish boshlangani hamda bu hududga yaqin Bajaur va Mo‘xmand tumanlari xavfsizlikning yuqori tahdidi sabab ustuvor ekanini ma'lum qildi", - deya xabar berishgan armiya matbuot xizmati.
Bajva shanba kuni armiyaning Mo‘xmand hamda O‘rakzay hududlaridagi chegara punktlariga tashrif buyurib, chegara an'anaviy havo razvedkasidan tashqari maxsus texnik vositalar bilan jihozlanishini aytdi.
Bundan tashqari, uning eslatishicha, Islomobod Kobul bilan hamkorlikda chegara xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha ikki tomonlama mexanizmni ishlab chiqishga harakat qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, chegaradagi xavfsizlik har ikki mamlakat manfaatiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026