Jahon | 19:05 / 27.03.2017
13345
1 daqiqa o‘qiladi

Sud Aleksey Navalniyga jazo tayinladi

Moskvadagi Tver sudi Korrupsiya bilan kurashish fondi rahbari, 26 mart kuni oldindan kelishilmagan norozilik aksiyalari tashkillashtirgani uchun qo‘lga olingan muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyni 15 kunlik qamoqqa hukm qildi. Bu haqda siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmash ma'lum qilgan.

Sud uni Jinoyat Kodeksining 19.3 moddasi bo‘yicha ayblagan (politsiya xodimiga itoatsizlik).

Bundan oldinroq sud Aleksey Navalniyni 20 ming rubllik jarimaga tortgani ma'lum bo‘lgandi.

Rossiyadagi namoyishlar: hammasi nimadan boshlandi?

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid