Aleksey Navalniy Tver köçasi va Mamonov torköçasi çorrahasini kesib ötiş vaqtida qölga olindi. Bu haqida Korrupsiya bilan kuraşiş fondi (KKF) faoli Roman Rubanov özining Twitter'dagi sahifasida ma'lum qildi.
RBK muxbirining xabar berişiça, olomon Navalniy olib ketilgan avtobusning Tverskayadan ketişiga halaqit berişga uringan. Odamlar avtobusni çayqaşga tuşişgan. Avtobus manziliga qarab harakatlana olişi uçun uni maxsus politsiya otryadi (MPO) qurşab olişiga töğri keldi.
Avtobus yölini avtomobil bilan tösib qöyilgan, şundan söng aksiya iştirokçilarining politsiya bilan töqnaşuvi röy bergan. Guvohlarning sözlariga köra, MPO xodimlari namoyişçilarga qarşi töqmoqlarni qöllaşgan.


Oxir-oqibat politsiya maşinalari olinib, avtobusning ketişiga muvaffaq bölingan.
Navalniy aksilkorrupsiya aksiyasiga mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida kelgan va deyarli darhol qölga olingan.












