Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN: Rossiyaning Yaqin Sharqdagi orzu-istaklari Suriya chegaralari bilan cheklanmaydi
Amerika mulozimlarining fikricha, Kreml ma'muriyatining Yaqin Sharqdagi ambitsiyalari faqatgina Suriya bilan chegaralanib qolmaydi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.
Pentagon rasmiy vakillari Rossiya harbiy texnikalarining yetkazib berilayotgani va diplomatik faoliyati kuchayib borayotganidan tobora ko‘proq xavotirlanmoqda. Ularning fikricha, bularning bari AQSh va NATOning mintaqadagi ta'sirini kamaytirishga qaratilgan.
Telekanalga ko‘ra, Moskva Liviyadagi guruhlarni qo‘llab-quvvatlash va hatto Afg‘onistondagi toliblar bilan ham aloqa qilishda ayblanmoqda.
«Bu mening fikrim, ular Yer sharining ushbu muhim hududida o‘z ta'sirini kuchaytirishga urinmoqda», — degan AQShning mintaqadagi kuchlari uchun mas'ul generali Jozef Votel Senatning qurolli kuchlar qo‘mitasiga.
Harbiy tahlilchilarning fikricha, Moskva Yaqin Sharqdagi «geosiyosiy tebranishlar»dan foydalanib qolmoqchi, shu bilan u nafaqat mintaqa, balki jahon maydonida asosiy yetakchilardan biriga aylanish niyatida.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
09:15 / 01.07.2026