Iqtisodiyot | 20:53 / 28.03.2017
8316
1 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» 2017 yilda O‘zbekistondan 5 mlrd kub gaz sotib oladi

«Gazprom» joriy yilda O‘zbekistondan 5 mlrd kubometr miqdorida tabiiy gaz sotib olishni rejalashtirgan. Bu haqda RIA «Novosti» ochiq manbalarga asoslanib xabar tarqatgan.

«Ayni vaqtda «Gazprom» o‘zbek tabiiy gazini sotib olmoqda (2016 yildagi ko‘rsatkich — 6,2 mlrd kubometr, 2017 yilda bu miqdor 5 mlrd kubometrni tashkil qiladi), o‘zbek gazini xarid qilish bo‘yicha o‘rta muddatli shartnomalar tuzish va mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha «Jyel» konida gaz kondensatini o‘zlashtirish bo‘yicha texnik vazifa tayyorlash ishlari davom ettiriladi», — deyilgan xabarda.

Shuningdek, «Gazprom» Ustyurt platosidagi gaz kondensatini o‘zlashtirish doirasida bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan dastur uchun 8 yil davomida 383,3 mln yevro sarflaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid