Jamiyat | 07:40 / 28.03.2017
6765
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi aeroport shipi odamlar ustiga tushib ketdi

Indoneziyaning Pontianak shahridagi Supadi xalqaro aeroporti shipi kutish zalidagi odamlar ustiga tushib ketdi. Bu holatning kuzatuv kameralari tomondan yozib olingan videosi YouTube’da paydo bo‘ldi. 

Videodan odamlar ustiga shipni yopib turgan plastik qoplama bo‘laklari tushayotganini va odamlar bo‘laklardan qochishga harakat qilib turli tomonga qochayotganlarini ko‘rish mumkin. 

Voqea oqibatida 5 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda Jakarta Globe nashri. 

Voqea 26 mart kuni yuz bergan. Hozircha ship qoplamasi nima sababga ko‘ra tushib ketgani noma'lum. Aeroport normal faoliyatiga qaytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid