Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish huquqi prokraturadan sudlarga berildi
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N. Yo‘ldoshev olib bordi.
Senatorlar “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq tayyorlandi.
Senatorlar ta'kidlaganlaridek, ushbu Qonun sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga va erkinlashtirishga, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan.
Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, “Sudlar to‘g‘risida”gi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarda qamoqqa olish tarzidagi jinoiy jazoni bekor qilish nazarda tutilmoqda, shu bilan bir vaqtda jinoiy jazolar tizimiga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan yengilroq jazo turi – “majburiy jamoat ishlari” kiritilmoqda. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qamoqda saqlash muddati 72 soatdan 48 soatgacha, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek dastlabki tergov muddatlari 12 oydan 7 oygacha qisqartirilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yishga va murdani eksgumatsiya qilishga sanksiyalar berish huquqini prokuraturadan sudlarga berish nazarda tutilmoqda. Shunday qilib, sud ishi yurituvida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasi kengaytirilmoqda, jinoyat jarayonida sud nazorati roli va ahamiyati kuchaytirilmoqda. Qonunga muvofiq sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad etishda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berilmoqda. Bunda sud tomonidan qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun jinoyat ishini qaytarish instituti butunlay bekor qilinmoqda, sud tekshiruvi jarayonida kamchiliklarni to‘ldirish mexanizmlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda. Qonunda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilmoqda.
Qonun bilan viloyat darajasidagi jinoiy va fuqarolik ishlarini sudlar tomonidan ko‘rib chiqish institutini bekor qilishni, nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha sudlarning tegishli raislari va prokurorlari vakolatlarini istisno etishni nazarda tutuvchi tegishli tuzatishlar kiritildi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga doir bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilindi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
08:33 / 05.06.2026