Sport | 08:16 / 28.03.2017
14733
1 daqiqa o‘qiladi

Video: To‘rt nafar o‘yinchi bir darvozabonni dog‘da qoldira olmadi

Argentinaning “River Pleyt” jamoasi futbolchilari ijtimoiy tarmoq “qahramonlariga” aylanishdi. “Belgrano” klubiga qarshi kechgan bahsda jamoaning to‘rt nafar futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, to‘p kirita olmadi.

"River Pleyt" o‘yinchilari tezkor qarshi hujum o‘tkazishdi, uning yakuniy holatida to‘rt nafar o‘yinchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Ammo “millionerlar” hujumchisi Tomas Andrade bo‘sh turgan darvozaga to‘pni aniq yo‘llay olmadi hamda himoyalanayotgan jamoa golkiperi uni bir amallab qaytarib yubordi.

“River Pleyt” ushbu vaziyatdagi omadsizlikka qaramay,  2:1 hisobida g‘alaba qozondi hamda Argentina chempionatining oltinchi o‘rnini egallab turibdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid