Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volvo'ning Shvetsiyadagi zavodida yong‘in chiqdi
Shvetsiya g‘arbidagi Gyoteborg shahrida joylashgan Volvo zavodi hududida yong‘in ro‘y berdi. Buning oqibatida taxminan 150 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda SVT telekanali.
Yong‘in laboratoriya va batareyalar omborida Toshkent vaqti bilan 12.00da yuz bergan, keyinchalik o‘t yaqin atrofdagi xonalarga o‘tgan. Xodimlar kuchli zaharli tutun sababli o‘z ish joylarini tark etishdi. Ulardan hech kim jabrlanmadi.
Favqulodda hodisa ro‘y bergan joyda taxminan 40 nafar o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda.
"Tutun zaharli, shuning uchun okrugda istiqomat qiluvchi aholidan deraza va eshiklarni yopishni so‘ramoqdamiz", - deya ma'lum qildi qutqaruv xizmati vakili Annika Buberg.
Bu Volvo bilan qisqa vaqt ichida ro‘y bergan ikkinchi shunday holat. Fevral oyida kompaniyaning to‘qnashuvlarda xavfsizlik masalalari bo‘yicha markazida kuchli yong‘in ro‘y bergandi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
08:19 / 06.06.2026