Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik hijobli sportchi Trampga ochiq xat yo‘lladi
Riodagi Olimpiya o‘yinlarida AQShga bronza medal keltirgan qilichboz Ibtihoj Muhammad o‘z mamlakatidagi terrorizm targ‘ibotidan xavotirda ekanligini bildirdi.
"Men bugungi kunda AQShda erkinlik va adolat ideallari uchun kurash niqobi ostida ketayotgan terrorizm targ‘ibotidan xavotirdaman", - deb yozdi Muhammad AQSh prezidenti Donald Trampga yo‘llangan va Time jurnalida chop etilgan ochiq xatida.
Olimpiya o‘yinlarida hijobda ishtirok etgan birinchi amerikalik musulmon ayoli hisoblangan Ibtihoj Muhammad terrorizm bilan kurash masalasining migratsiya mavzusiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta'kidladi.
Sportchi hozirda mamlakatda shakllanayotgan muhit Amerika demokratiyasiga xos bo‘lgan "adolat" va "tenglik" konsepsiyalariga ziyon yetkazishiga ishora qildi.
"Men Olimpiya o‘yinlarida AQSh nomidan ishtirok etganimdan faxrlanaman va Trampga musulmonlar yo‘lidagi g‘ovlarni bartaraf etishni so‘rab murojaat etaman", - dedi u.