Jahon | 01:03 / 29.03.2017
6549
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Yevropa Ittifoqi tezkor kuchlari tarkibidan chiqadi

Foto: AP

Polsha 2020 yilgacha Yevropa Ittifoqi tezkor kuchlari – Yevrokorpus tarkibidan chiqadi. Bu haqda Yevrokorpusning Strasburgdagi bosh qarorgohi vakili, polkovnik Visente Dalmau ma'lum qildi.

Polsha Yevrokorpusga 2002 yilda qo‘shilgan.

"Polshaning Yevrokorpusdan chiqishi ushbu mamlakat hukumatining qarori hisoblanadi", deb aytgan Dalmau.

Yevrokorpus 1992 yilda Fransiya va Germaniya tashabbusi bilan tinchlikparvar va gumanitar operatsiyalarni o‘tkazish maqsadida yaratilgan. Uning vazifalariga gumanitar va tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etish hamda NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarni himoya qilish kiradi. Yevrokorpusning qismlari xalqaro tashkilotlar mandati bilan ham operatsiyalar o‘tkazishi mumkin.

Yevrokorpus harbiylari Bosniya, Kosova, Makedoniya va Afg‘onistonda tinchlikparvar operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid