Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada "nanoshokolad" ishlab chiqildi
Uzoq Sharq federal universitetining Biotibbiyot maktabi (UShFU BTM) ilmiy xodimlari tarkibida dengiz karami bo‘lgan shokoladning original retseptini ishlab chiqishdi. "Nanoshokolad" o‘z ingridiyentlarining mitti hajmi va maxsus ozuqaviy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Hi-Tech ishlab chiaruvchilardan yangi mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasiga oid ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldi.


Manbaga ko‘ra, tayyorlash texnologiyasi shokolad tayyorlashning an'anaviy usulidan biroz farq qiladi.
"Shokoladning asosiy xususiyati - laminariyaning eng mayda zarrachalarini qo‘llash. Masalliq Yaponiyaning maxsus tegirmonlarida maydalangan", - deydi UShFU BTM oziq-ovqat ilmi va texnologiyalari departamenti dotsenti Yelena Dobrinina.
Hajmining kichikligi tufayli shokoladdagi foydali moddalar yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Inson u orqali o‘ziga kerakli elementlarni oladi.
"Innovatsion texnologiya tufayli "nanoshokolad"ning faol moddalari organizm tizimlariga samarali yetkazib beriladi. Aynan shuning uchun biz unga bunday ilmiy nom berishga qaror qildik. Bizning shokoladimiz klassik ta'mga ega, dengiz karamining mazasi esa deyarli sezilmaydi", - deya so‘zlaydi Yelena Dobrinina.
Hozirda "nanoshokolad" tayyorlashning yangi texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda. Olimlar unga patent rasmiylashtirishmoqchi.


Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026