Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya va Malayziya fuqarolarni mamlakatdan chiqishiga ruxsat bermadi
Malayziya va Shimoliy Koreya hukumatlari o‘rtasida o‘z fuqarolarini chiqishiga ruxsat berish haqidagi muzokaralar so‘nggi bosqichda to‘xtab qoldi. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar berdi.
Bundan tashqari, KXDR yetakchisining akasi Kim Chen Nam Kuala-Lumpur aeroportida fevral o‘rtalarida o‘ldirilganidan so‘ng, Malayziya va Shimoliy Koreya fuqarolarni chiqarishga taqiq qo‘yishdi. Malayziya KXDRning Malayziyadagi elchixonasi ikkinchi kotibi va Air Koryo aviakompaniyasi xodimi topshirilishini talab qilayotgan bo‘lsa, KXDR davlatdan 9 nafar malayziyalikni chiqarayotgani yo‘q.
Chiqishga ruxsat berish borasida muzokaralar joriy hafta boshida muvaffaqiyatli yakuni topishi kerak edi hamda Malayziya hukumati Pekinda o‘z fuqarolarini olib chiqib ketish uchun charter samolyotini ham tayyorlab qo‘ygandi. Biroq muzokaralar so‘nggi lahzalarda noma'lum sababga ko‘ra to‘xtab qoldi.
Ma'lumot uchun, KXDRning Kim Chxol nomiga pasporti bo‘lgan fuqarosi Kuala-Lumpur aeroportida 13 fevral kuni o‘ldirildi. Politsiya uning terisida VX asab-falajlovchi zaharli modda izlarini topdi. Janubiy Koreya esa halok bo‘lgan inson Kim Chen Nam ekanini iddao qilib keldi, keyinchalik bu ekspertiza tomonidan tasdiqlandi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026