Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey Brexit jarayonini boshladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Birlashgan Qirollikning YeI tarkibidan chiqishi – Brexit jarayonini rasman boshlaydigan maktubni imzoladi. Bu haqda BBC xabar qilmoqda.
Rasmiy ogohlantirish maktubi Lissabon shartnomasining 50-moddasiga muvofiq tuzilgan. U Yevropa Kengashi raisi Donald Tuskka bugun 29 mart kuni yetkaziladi.
Tereza Meyning Tuskka yo‘llagan maktubini Britaniyaning YeIdagi elchisi Tim Barrou mahalliy vaqt bilan soat 12:30da topshiradi. Shundan so‘ng, bosh vazir deputatlar qarshisida mazkur jarayon boshlangani haqida bayonot beradi.
Mey, shuningdek, YeI bilan muzokaralarda «Birlashgan Qirollikdagi barcha fuqaro manfaatini himoya qilishini», xususan, Brexit’dan so‘ng maqomiga oydinlik kiritilmagan YeI fuqarolarini ham unutmaslikka va'da bermoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026
YeI Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha shoshilmayapti
08:49 / 21.05.2026