Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi internet foydalanuvchilarining ma'lumotlarini sotishga ruxsat berdi
AQSh Kongress foydalanuvchilarning internet saytlariga kirishi hamda mijoz trafikiga mos reklamani joylashtirish uchun ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga sotishga doir cheklovlarni bekor qildi. Endilikda, provayderlar internet foydalanuvchilariga oid bo‘lgan axborotlarni uchinchi tomonga taqdim etishi va buning uchun pul olishi mumkin bo‘ladi. Hujjat kuchga kirishi uchun qonunni prezident Tramp imzolashi kerak, deb yozadi The Next Web.
Provayderlar uchun cheklovlar Obama ma'muriyatidagi aloqa bo‘yicha federal komissiya tashabbusi bilan 2016 yilda joriy qilingan edi. Unga ko‘ra, jumladan, uchinchi shaxslarga foydalanuvchi kirayotgan saytlar haqida ma'lumot berish, foydalanuvchi internet trafikiga reklama joylashtirish, mijoz smartfoniga o‘z ilovasini o‘rnatib, uning faoliyatini yozib olish, qidiruv natijalarini o‘zgartirish, himoya qilinmagan saytlarda foydalanuvchi faoliyatini monitoring qilish maqsadida sezilmas va o‘chirib bo‘lmaydigan cookies-fayllarni joylash taqiqlanar edi.
Mazkur qoidalarning bekor qilinishi tarafdorlariga ko‘ra, tartibga soluvchilar provayderlar faoliyatini haddan ortiq kuchli nazorat qilishgan, deb yozadi The Next Web. Bu fikrga qarshilarning aytishicha, qoidalar adolatli bo‘lib, u foydalanuvchilarni internet kanal egasining ayg‘oqchiligidan himoya qiladi.
Shunday qilib, foydalanuvchi bu borada qanday nuqtainazar egasi bo‘lmasin, cheklovlarning bekor qilinishi provayderga mijozining shaxsiy ma'lumotlariga kirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qonun loyihasi provayderlarga ma'lumotlarning oshkor bo‘lishidan foydalanuvchini ogohlantirmaslikka ruxsat beradi.
Shu bilan birga, Kongress ma'qullagan hujjat provayderlarga 2016 yilda joriy qilingan va ayni vaqtda bekor qilinayogan cheklovlarni qayta kiritishni taqiqlaydi. The Next Web nashrining ta'kidlashicha, qonun loyihasi Respublikachilar partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, shunga binoan, ko‘p ehtimolga ko‘ra, prezident Tramp hujjatni imzolaydi.
Mavzuga oid
22:43 / 21.03.2026
«Mujtaba jumbog‘i» AQSh va Isroilni Eronning haqiqiy yetakchisini izlashga majbur qilmoqda
21:39 / 21.03.2026
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
20:52 / 21.03.2026
AQSh admirali: Eronda 8 mingdan ortiq nishonga zarba berdik
17:06 / 21.03.2026