Jahon | 12:06 / 30.03.2017
3816
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil BMTga to‘lovini 2 mln dollarga qisqartiradi

Isroil hukumati BMTning yahudiylar davlatiga qarshi tanqidiy siyosatiga norozilik sifatida tashkilot byudjyetiga to‘lovlarni 2 mln dollarga qisqartiradi. 

Bosh vazir vakili va TIV e'lon qilgan qarorga BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi qabul qilgan hujjatlar asos bo‘lgan. 

"BMT IHK Isroilga qarshi rezolyutsiyalarni qabul qilganidan so‘ng, Isroil tashkilotga to‘laydigan to‘lovlaridan 2 mln dollar kamaytiradi", — deb yozgan hukumat matbuot kotibi Ofir Gendelman Twitter sahifasida. 

Tejab qolingan mablag‘lar, uning so‘zlariga ko‘ra, "rivojlanayotgan do‘stona mamlakatlar"ga taqdim etiladi.

Umuman, Isroil BMTga har yili 11 mln dollar a'zolik badali to‘laydi. 

27 mart kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashining 34-sessiyasida Falastin hududlaridagi vaziyat muhokama qilindi. Tashkilotning Falastin hududlaridagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Maykl Link tomonidan taqdim etilgan hisobotda ta'kidlanishicha, "noqonuniy qo‘rg‘onlar barpo etish yil boshidan beri xavfli ravishda olg‘a siljigan".

Uning so‘zlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarga tegishli Falastin hududlarini musodara qilishga qonuniy tus beradigan Isroil qonuni "Isroilni xalqaro huquq me'yorlariga mos kelishdan chetga chiqaradi".

Sessiyada manfaatdor tomon sifatida ishtirok etishi kutilgan Isroil kengashni boykot qilgan, Falastin tomoni majlisda qatnashgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid