Jahon | 16:36 / 30.03.2017
12003
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada avtobus yo‘l-transport hodisasidan so‘ng ikkiga bo‘linib ketdi

Suratlar manbasi: "Moskva" agentligi

Rossiya poyxtati Moskva shahrida juda jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi, deb xabar bermoqda «Moskva» agentligi.

Yo‘nalishli avtobus yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng, o‘rtasidan ikkiga ajralib ketgan. 

Yo‘l-transport hodisasi Moskva halqa avtomobil yo‘lining tashqi tarafidagi Kapotni tumaniga yaqin 18-kilometrida mahalliy vaqt bilan 5.00da yuz bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hech kim jarohat olmadi. Hodisa yuz bergan paytda yo‘nalishli avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid