Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin armiyaga 142 ming kishini chaqirish haqida topshiriq berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat armiyasiga bahorda 142 ming yigitni chaqirish haqidagi farmonga imzo chekdi. Hujjat huquqiy ma'lumotlar rasmiy portalida e'lon qilindi.
«2017 yilning 1 aprelidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan hamda zaxirada bo‘lmagan va lozim bo‘lgan 142 000 kishini harbiy xizmatga chaqirish amalga oshirilsin», - deyiladi farmon matnida.
Bir yil avval Rossiya qurolli kuchlari bahorgi chaqiruv davomida 155 ming nafar yangi askarlar bilan to‘ldirilgandi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qurolli kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonga imzo chekkani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
23:00 / 28.01.2026
Qrim ko‘prigidagi portlash ishi bo‘yicha umrbod qamalganlar Tramp, Putin va Zelenskiyga murojaat qildi
20:28 / 28.01.2026
“Rossiya dastlabki talablaridan bosqichma-bosqich chekinyapti” – tahlilchilar
14:54 / 28.01.2026
Orpo: Rossiya urushni to‘xtatsa, Finlandiya muloqotga tayyor
12:57 / 28.01.2026