Jamiyat | 12:58 / 30.03.2017
16828
1 daqiqa o‘qiladi

Samarada o‘zbekistonlik ayolni poyezd bosib ketdi

Bugun, 30 mart, soat taxminan tungi 2larda Rossiyaning Samara viloyati Zubchaninka qishlog‘i hududida «Smishlyayevka-Bezimyanka» peregoni (ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa)da yuk poyezdi ayol kishini bosib ketdi, deb yozadi Samru.ru portali. 

U temir yo‘lni mumkin bo‘lmagan joydan kesib o‘tgan, deya ma'lum qildi nashrga Kuybishev transport prokurori yordamchisi Maksim Voroshilov.

Halok bo‘lgan 50 yoshli ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, u Samarada o‘g‘li bilan birga istiqomat qilgani aytilmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid