O‘zbekiston | 17:28 / 30.03.2017
6157
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ShHT a'zolarining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi

Foto: AFP

Toshkentda Shanghay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy antiterror tuzilmasi kengashi (ShHT MATTK) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya hamda ShHT MATTK Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ShHT ishtirokchi davlatlari rahbarlari Kengashiga taqdim etiladigan ShHT MATTKning 2016 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobot qabul qilindi, MATTKning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi ShHT mamlakatlarining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturining joriy yildagi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ShHT Konventsiyasi loyihasi ma'qullandi.

Kengash yig‘ilishida ShHTga a'zo mamlakatlar o‘rtasida xalqaro ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha Beshinchi ilmiy-amaliy konferensiya hamda birgalikda antiterroristik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, tashkiliy-kadrlar, Ijroiya qo‘mitasining moliyaviy ta'minoti va kelgusidagi hamkorlikning huquqiy bazasini shakllantirish borasida qator qarorlar qabul qilindi.

Mavzuga oid