O‘zbekiston | 08:30 / 14.12.2023
3626
1 daqiqa o‘qiladi

«Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz arab davlatlari» vazirlar yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

O‘zbekiston TIV rahbari va KADHK bosh kotibi navbatdagi «Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz arab davlatlari» vazirlar uchrashuvini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha shahrida Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy bilan uchrashdi.

«Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy janoblari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. - Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildik va navbatdagi «Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz arab davlatlari» vazirlar yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish yuzasidan fikr almashdik».

Shu yil 19 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi. 

Sammit ishtirokchilari O‘zbekistonning ushbu formatidagi navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvni Samarqand shahrida o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid