Suhbat iştirokçilariga işçi guruh bölajak yiğilişini taşkil etiş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Işçi guruh 6-yiğilişini ötkaziş uçun Özbekiston tomonidan JST kotibiyati va taşkilotga a’zo mamlakatlarga barça zarur hujjatlar topşirilgani ta’kidlandi. JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar va avvaldan rejalaştirilgan tadbirlarni öz vaqtida taşkil etiş maqsadida taşkilot kotibiyati bilan maslahatlaşuvlar ötkazilmoqda.
Uçraşuvda zarur hujjatlarni tayyorlaş va taşkilotga a’zo mamlakatlar bilan tizimli hamkorlik qiliş doirasida Özbekiston tomonidan amalga oşirilgan işlar qayd etildi. Tomonlar taşkilot tadbirlari köpligiga qaramay, Özbekiston JSTga a’zo bölişi böyiça işçi guruh 6-yiğilişini taşkil etiş va ötkazişda har tomonlama yordam körsatişga hamda mamlakat taşkilotga kirişi böyiça kelgusidagi jarayonga maslahat va texnik yordam körsatişga tayyor ekanini bildirdi.








