Jahon | 20:08 / 31.03.2017
7747
2 daqiqa o‘qiladi

Nadejda Savchenko Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda Postimees’ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Bu menga so‘nggi vaqtlarda berilayotgan eng ko‘p savollardan biri, sababi barcha vaziyat keskinlashayotganini his etmoqda», - deya aytib o‘tdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Ukrainada kishi hukumat tepasiga halol yo‘l bilan kelishi mumkin bo‘lgan «evolyutsion yo‘l» yo‘q, majburiy yo‘l – bu bir vaqtdagi ham evolyutsiya, ham inqilob.

«Mamlakatni bo‘lib tashlamaslik uchun xatoga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim. O‘ylash kerak! Men kishilarga bu kerakligini tushunsam, unda shu yo‘lni tanlayman. Men havo-desant qo‘shinlarida xizmat qilganman, u yerda esa - «Bizdan boshqa hech kim!» degan shior bor. Shuning uchun biz bo‘lmasak, unda kim?» - deya ma'lum qildi Savchenko.

Bundan tashqari, uning ta'kidlashicha, Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoda ikkinchi muddatga saylanish uchun imkoniyatlar yo‘q, sababi «hech kim uni shuncha qon to‘kilishi, korrupsiya uchun kechirmaydi».

«Agarda u o‘z foydasiga ovozlarni hisoblasa, unda uni Yanukovichdan ham battarroq taqdir kutmoqda!» - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi deputat.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid