Jahon | 20:40 / 31.03.2017
8853
1 daqiqa o‘qiladi

Yunker Trampga AQShning yaxlitligiga putur yetkazish bilan tahdid qildi

Foto: Getty Images

Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker agar AQSh prezidenti Donald Tramp yevropaliklarni Buyuk Britaniyadan o‘rnak olib, Yevropa Ittifoqidan chiqishga chaqirishini bas qilmasa, AQShning Ogayo va Texas shtatlari uchun mustaqillik talab qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.

Yunker bu haqda Maltada Yevropa xalq partiyasi kongressida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini Brexit jarayoni boshlangandan xabardor qilgandan keyin aytdi. 

Yunkerning aytishicha, Brexit ba'zi siyosatchilar, jumladan Tramp Yevropa Ittifoqining tanazzulga uchrashini istayotgan bo‘lsalar ham bunday bo‘lishini anglatmaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid