Beeline O‘zbekiston kompaniyasi Toshkent shahridagi mijozlariga maxsus murojaat qildi
2017 yil 1 aprel kuni Toshkent shahridagi Status Silver+ va Status Gold+ tarif rejalarining ayrim mijozlari hisobidan belgilangan summadan ko‘proq mablag‘ yechib olingani xususida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shu munosabat bilan, O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi Beeline kompaniyasi maxsus bayonot bilan chiqdi. Uning matni kompaniya saytida joylashtirilgan. Unda shunday deyiladi:
“Bugun kompaniya tizimlarining yangilanishi jarayonida Status tariflari mijozlarining bir qismi o‘z abonent balanslarining noto‘g‘ri aks ettirilganini ko‘rishdi. Bu tizimdagi xatolik tufayli sodir bo‘ldi va ayni paytda xatolik bartaraf etildi, buni *102# kodi orqali tekshirib ko‘rish mumkin.
Biz har bir mijozni qadrlaymiz, shuning uchun ushbu muammoga duch kelgan har bir abonentga bir oy bepul muloqot taqdim etiladi. Aprel oyi uchun abonent to‘lovi ularning hisoblaridan yechib olinmaydi. Bu kelib chiqqan noqulayliklar uchun bonus tariqasida taqdim etiladi. Shunga ko‘ra, daqiqalar, SMS va internet traffiki tarif shartlari bo‘yicha to‘liq hajmda taqdim etiladi. Biz bilan ekanligingiz uchun tashakkur!”, - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
18:00 / 31.07.2024
Beeline TV EURO 2024 bo‘yicha 4 million tomosha to‘pladi
14:55 / 18.06.2024
Beeline Uzbekistan ishida uzilishlar kuzatilmoqda
20:27 / 26.03.2024
VEON “Beeline Qirg‘iziston”dagi ulushini sotmoqda
15:56 / 19.03.2024