Jahon | 16:15 / 01.04.2017
4224
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada o‘pirilish oqibatida 20 nafar inson bedarak yo‘qoldi

Indoneziyada shanba, 1 aprel kuni yuz bergan o‘pirilish oqibatida yigirma nafardan ortiq inson bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Favqulodda hodisa Yava orolida ro‘y berdi, o‘pirilish Sharqiy Yava viloyatidagi Baranar qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Natijada 30ga yaqin uy-joy, boshqa binolar va transport vositalari zarar ko‘rdi. Indoneziya tabiiy ofatlar tahdidini kamaytirish bo‘yicha agentligi ma'lumotiga ko‘ra, o‘pirilish ostida 27 kishi qolib ketgan.

Shu bilan birga, mahalliy armiya boshlig‘i ma'lumotiga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan kishilar soni 38 insonga teng. Ularni qutqaruvchilar, askarlar va ko‘ngillilar qidirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid