Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrlik sudya giyohvand modda saqlagani uchun umrining oxirigacha qamaldi
Misrning Suvaysh shahridan bo‘lgan sudya giyohvand moddalarni noqonuniy saqlagani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Al-Ahram nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sudya 2016 yil noyabrda mashinasida 68 kg marixuana aniqlangandan keyin hibsga olingan. Giyohvand modda sudyaning avtomobili Suvaysh kanali ostidan o‘tuvchi hamda Afrika va Osiyoni birlashtiruvchi Ahmad Hamdiy nomidagi tunnel oldida tekshirish uchun to‘xtatilganda topilgan. Giyohvand moddaning umumiy qiymati 1,5 mln misr funtiga (90 ming dollar) baholangan.
Sobiq sudya bilan birga mashina haydovchisi va ular bilan ketayotgan yevropalik ayol qo‘lga olingan. Ularga 10 yillik qamoq jazosi berilgan.
Misr qonunchiligiga ko‘ra, umrbod qamoq jazosi 25 yilga teng. Voqeadan keyin sudya Misr adliya vaziri qarori bilan iste'foga chiqarilgan.
Misrda gashish giyohvand moddasi 1925 yildan beri taqiqlangan.
Mavzuga oid
08:53 / 18.04.2026
Chegara hududida qariyb 55 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026