Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning ustuvor maqsadlari: Avvaliga IShID, keyin Asad
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli ma'lum qildiki, AQSh ma'muriyati uchun ayni vaqtda birinchi galdagi maqsad IShIDga qarshi kurashni davom ettirish. Bu vaqtda Suriya prezidentligidan Bashar Asadni ketkazish masalasi ikkinchi planga o‘tadi. Uning bu haqdagi gaplari Fox News telekanali tomonidan keltirilgan.
«Asad — bu muammo va Amerika ma'muriyati ham shunday fikrda. Ammo ayni vaqtda yanada yirikroq muammo IShID hisoblanadi», — degan u. U shu bilan birgalikda AQSh hech qachon Suriya rahbariga «marhamat ko‘rsatmoqchi emasligi»ni qo‘shimcha qilib, Asadni Suriya xalqi sud qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan oldinroq shunga o‘xshash bayonot bilan AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson va Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser ham chiqqandi. Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, Asadning kelajagini suriyaliklar hal qilishi kerak.
Spayser esa Bashar Asadning ketishi uchun zarur ishlarni amalga oshirmagani uchun Obamaning ma'muriyatini ayblagan.
«Qarshimizda IShIDni mag‘lub etish vazifasi turibdi», — degan Spayser va Suriya hamda Iroqdagi radikal kuchlar AQSh uchun birinchi galdagi nishonlar ekanini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
18:35 / 08.02.2026
Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV
17:59 / 29.12.2025
Turkiyada 3 nafar politsiya xodimi IShIDga qarshi operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi
12:30 / 26.12.2025