Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fevral oyida 136 nafar Turkiya fuqarosi Germaniyadan boshpana so‘radi
Germaniya migratsiya xizmatiga turk diplomatlari va harbiylari tomonidan boshpana so‘ralgan 262 so‘rovnoma berilgan. Bu haqida Migratsiya va qochqinlar federal idorasi (Bamf) xabariga asoslanib, Spiegel ma'lum qildi.
Ushbu so‘rovnomalarning birortasi bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Nashrda ta'kidlanishicha, bir oy ichida berilgan so‘rovnomalar soni deyarli ikki karra oshgan - fevral oyida GFR IIV turk diplomatik pasportlar egalaridan boshpana so‘ralgan murojaatlar soni 136 tani tashkil qilgani ma'lum qilingan. So‘rovnomalar 2016 yilning iyulida Turkiyada ro‘y bergan harbiy to‘ntaruv harakatlaridan keyin turli vaqtlarda berilgan.
O‘tgan yilning iyul oyi o‘rtasida Turkiyadagi isyonkorlar guruhi harbiy to‘ntaruv harakatini amalga oshirgan. Asosiy mojarolar Anqara va Istanbulda ro‘y bergan. Natijada 240 nafar turk fuqarosi halok bo‘lgan, 2 mingdan ziyod kishi jarohat olgan, isyon bostirilgan.
Oktyabr oyida GFR ichki ishlar vazirligi vakili Yoxannes Dimrot Turkiyadagi to‘ntaruvdan so‘ng 35 nafar turk diplomati Germaniyadan boshpana so‘rab murojaat qilgani haqida xabar bergandi. Yanvar oyi oxirida NATOning Germaniyadagi bazasida xizmat qilayotgan 40 nafar turk harbiylarining GFRga boshpana so‘rab murojaat qilgani ma'lum bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026