Jahon | 22:35 / 02.04.2017
4909
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Si Tszinpin Shimoliy Koreyani muhokama qilishadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvda Shimoliy Koreyaga nisbatan harakatlarni muhokama qilmoqchi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli CBS telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Uning aytshicha, Pxenyanning xatti-harakatlari AQShni "juda xavotirlanmoqda" va "Xitoy buni yaxshi biladi". "Xitoylik hamkasblarimiz bilan muloqot chog‘ida ularga Xitoy tomondan harakatlarni ko‘rmoqchiligimizni aytdim. Fikrimcha, prezident va Si Tszinpin bu harakatlar qanday bo‘lishi kerakligi haqida suhbatlashishadi", deb aytgan Xeyli. Uning ta'kidlashicha, Vashington Pekin bilan "birga ishlayotganini" ko‘rishni istaydi.

Avvalroq Oq uy matbuot xizmati Tramp Si Tszinpinni o‘zining Mar-a-Lago qarorgohida 6-7 aprel kunlari qabul qilmoqchiligini tasdiqlagandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid