Jahon | 07:45 / 03.04.2017
8533
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador prezidenti saylovlarida g‘olib nomi ma'lum bo‘ldi

Ekvadorda o‘tgan prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida yetakchi "Mamlakat alyansi" partiyasi nomzodi, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Lenin Moreno g‘olib bo‘ldi. Bundan mamlakatning milliy saylov kengashi tomondan ma'lum qilingan dastlabki rasmiy natijalar darak bermoqda.  

Foto:EPA

Ma'lumotlarga ko‘ra, Morenoga 51,05 foiz saylovchilar, uning raqibi, CREO harakati vakili, sobiq bankchi Gilermo Lassoga 48,95 foiz saylovchilar ovoz berganlar.

Biroq muxolifat tarafdorlari rasmiy natijalarni tan olishdan bosh tortmoqdalar. Lassoni qo‘llab-quvvatlovchi yuzlab odamlar mamlakat poytaxti Kitodagi milliy saylov kengashi binosi yonida norozilik namoyishi uyushtirganlar. Binoning boshqa tomonida esa Morenoga ovoz berganlar to‘planganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid