Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston bilan ushlab berish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonun imzolandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasidagi ushlab berish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunga imzo chekdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi qonunni 2017 yilning 16 fevral kuni qabul qildi va Senat hujjatni 2017 yilning 28 mart kuni tasdiqladi.
Bitim Toshkentda 2016 yilning 17 oktabr kuni imzolangandi.
Hujjat O‘zbekiston va Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Salohiddin Rabboniy tomonidan imzolangan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
23:44 / 13.06.2026