Jahon | 18:15 / 03.04.2017
55926
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning Peterburgga kelishiga «tayyorgarlik». Terakt yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi

3 aprel kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgga kelgan kunda shahar metrosida portlashlar sodir bo‘ldi.

«Sennaya maydoni» va «Texnologiya instituti» bekatlarida yuz bergan portlashlar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 50 kishi jarohatlandi.

Sankt-Peterburg metrosida portlash, qurbonlar bor

Mahalliy vaqt bilan soat 15:40dan boshlab Sankt-Peterburg metrosiga kirish va chiqish to‘liq yopilgan. Shahar gubernatori Georgiy Poltavchenko favqulodda holat bo‘yicha rejani ishga tushirgan.

Peterburgda qo‘lbola bombalar orqali portlashlar sodir etilgan

«Fontanka» xabariga ko‘ra, metroda yana bir portlamay qolgan bomba topildi. Qurilma «Ploshchad Vosstaniya» bekatiga o‘rnatilgandi. Uni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etish kerakki, bu voqea mamlakat prezidenti Vladimir Putinning Sankt-Peterburgga tashrifiga to‘g‘ri keldi. U bugun shu shaharda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashgandi.

Putin terakt variantini istisno etmadi

Tarmoqlarda istehzo bilan shaharda prezidentning kelishiga shunday «tayyorgarlik» ko‘rilgani haqida aytishmoqda.

So‘nggi marta Rossiyada metrodagi portlash 2010 yili sodir bo‘lgan edi. O‘shanda 45 daqiqalik farq bilan Moskva shahri metrosining  «Lubyanka» va «Park kultury» bekatlarida portlovchi qurilma ishga tushgan, portlashlar oqibatida 41 kishi halok bo‘lgan va 88 kishi jarohatlangandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid