Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg metrosida röy bergan portlaşlar oqibatida qurbon bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

U uşbu hodisa huquq tartibot organlari tomonidan sinçiklab örganilişi va portlaş sabablari aniqlanişini bildirgan. Prezident hodisaning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida terakt varianti ham istisno etilmasligini ma'lum qilgan.

«Men maxsus xizmatlar rahbarlari bilan, FSB direktori bilan bu masalani muhokama qildim. Huquq tartibot organlari va maxsus xizmatlar uşbu hodisa sabablarini aniqlaşadi. Portlaş sabablari haqida gapirişga hali erta. Hammasini qidiruv-tergov işlari körsatadi. Biz har doim voqeaning barça sabalarini örganamiz. Terrorizmdan taşqari maişiy va kriminal sabablar», - degan u Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuvi vaqtida.

Peterburg metrosida ikkita portlaş röy berdi. «Texnologiçeskiy institut» va «Sennaya ploşçad» bekatlarida röy bergan portlaşlar oqibatida 10 kişi halok bölib, kamida 50 kişi jarohatlangani aytilmoqda.