Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh va Misr terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qiladi
AQSh va Misr terrorizm bilan kurashda hamkorlik qiladi, ikki mamlakat ko‘p masalalar bo‘yicha hamfikr. Bu haqida 3 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Misr rahbari Abdul Fattoh As-Sisiy bilan muzokaralar boshlanishidan avval ma'lum qildi.
"Biz ko‘p masalalar bo‘yicha hamfikrmiz. Prezident As-Sisiyni qat'iy qo‘llab-quvvatlaymiz. U juda og‘ir vaziyatda aql bovar qilmas ishlarni amalga oshirdi, - dedi AQSh davlat rahbari. - Biz terrorizm va boshqa muammolarga qarshi birgalikda kurashamiz".
Shuningdek Tramp o‘tgan yili saylov kampaniyasi doirasida As-Sisiy bilan uchrashganini ta'kidlab o‘tdi. "Siz mening qiyofamda ajoyib do‘st va Qo‘shma Shtatlardagi ittifoqdoshingizga egasiz, - dedi Amerika rahbari. - Biz uzoq vaqt davomida do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Misr xalqi bilan aloqalarimiz mustahkam".
As-Sisiy bu Misr prezidentining so‘nggi sakkiz yilda AQShga qilgan birinchi tashrifi ekanligiga urg‘u berdi. Shuningdek u Trampning bunday samimiy munosabatini yuksak qadrlashini ta'kidladi va muzokaralarning samarali bo‘lishiga umid bildirdi.
Misr Arab Respublikasi rahbari shanba kuni AQShga tashrif buyurgan, yakshanba kuni esa Amerika ishbilarmonlar doirasi va Jahon banki rahbariyati vakillari bilan uchrashdi. Misr prezidentiga hukumatning ko‘plab vazirlari hamrohlik qilishmoqda.
Muhokamalardagi asosiy mavzular - terrorizm va noqonuniy migratsiya bilan kurashish, Yaqin Sharqdagi vaziyat, shuningdek ikki tomonlama munosabatlar.