Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chelsi Klinton AQSh prezidenti lavozimiga hozircha kurashmasligini aytdi
AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va joriy prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan Xillari Klintonning qizi Chelsi AQSh prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish va Oq uyning hozirgi egasi Donald Trampga chaqiriq tashlash istagida emas. Chelsi Klinton bu haqda CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Chelsi 2020 yildagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga "Men 2020 yilda unga (Trampga) mag‘lubiyat yetkaza oladigan odammasman, shuning uchun ayni vaqtda "yo‘q" deb javob beraman", deb aytgan.
Tramp 2020 yilda ham prezidentlik saylovlarida ishtirok eta oladi va AQSh prezidenti lavozimida ikki muddatga qolish niyatidaligini aytib keladi.